Rossiyada Stalinga 110-yodgorlik o‘rnatildi

Olam

image

Rossiyada Stalinning 110-yodgorligi paydo bo‘ldi – ularning 90 foizi Putin davrida o‘rnatilgan. Qrim anneksiya qilinganidan keyin “dohiy” sharafiga yodgorliklarni qurish sur’ati ikki baravar oshgan. Bu haqda “Mojem ob’yasnit” Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Tver viloyatidagi byust Ukrainaga bosqin boshlanganidan beri Rossiyada o‘rnatilgan Stalinning to‘rtinchi yodgorligi bo‘lib chiqdi. Ularning har biri o‘ziga xos shiorlar va harbiy targ‘ibot bilan ochilgan. “Stalin Rossiyani mustamlakaga aylanishdan qutqardi”, “u ulug‘ vatan urushida g‘alabamizning asosiy sababchisi” kabilar shular jumlasidandir.

"90-yillarda mamlakatda Stalinga atigi beshta yodgorlik o‘rnatilgan bo‘lsa, Putin hokimiyatga kelgach esa ularning soni 37 taga yetdi. Stalinga yiliga o‘rtacha 4 ta haykal qo‘yilgan bo‘lsa, 2014 yildan so‘ng Stalin suratlari soni yanada oshib ketdi”, deyiladi xabarda.

Unga ko‘ra, jamoat joylarida Stalinga 110 ta yodgorlik o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan 95 tasi Putinning hokimiyati boshlanishidan toki hozirgacha qo‘yilgan. Stalin yodgorliklari orasida 22 ta haqiqiy o‘lchamdagi haykallar mavjud.

Yodgorliklar 40 ta viloyatda, jumladan, 15 ta viloyat markazlarida joylashgan. 

Manbaga ko‘ra, Stalin haykallari bo‘lgan aholi punktlari soni bo‘yicha birinchi uchlikka Shimoliy Osetiya, Dog‘iston va Yakutiya kiradi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Putin Stalin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing