Rossiyada spirtli ichimlikdan zaharlanganlar soni 100 dan oshdi

Olam

image

Avvalroq Rossiyaning turli viloyatlarida “Mister sidr” spirtli ichimligidan zaharlanish oqibatida 20 ga yaqin odam halok bo‘lgani haqida xabar bergandik. Ushbu ichimlikdan zaharlanganlarning umumiy soni 106 nafarga yetdi. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi.

“106 kishi zaharlandi, ulardan 5 nafari bola. 36 kishi, jumladan, 1 nafar bola halok bo‘ldi”, deydi Murashko.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, 19 kishi, jumladan, bir bola hamon shifoxonada davolanmoqda. 

Federal tibbiyot tashkilotlari mutaxassislari bilan 48 ta telemeditsina maslahatlari o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Nijniy Novgorod, Samara va Ulyanovsk viloyatlarida fuqarolar qo‘lbola alkogoldan zaharlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya zaharlanish spirtli ichimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing