Rossiyada raketa ishlab chiqaruvchi muhandis otib ketildi

Olam

image

Rossiyaning Moskva viloyatida Rossiyaning qanotli raketalari va dronlarini modernizatsiya qilish bilan shug‘ullangan Mars byurosi bosh konstruktori o‘rinbosari Mixail Shatskiy otib o‘ldirilgan holda topildi. Bu haqda “Sargrad” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, olim Ukraina Razvedka bosh boshqarmasi tomonidan otib ketilgan.

Shatskiy Kh-59/Kh-69 boshqariladigan raketalarni modernizatsiya qilishda ishtirok etgan va yangi dronlarni ishlab chiqqan. Ushbu dizayner, shuningdek, rus dronlari va kosmik kemalariga sun’iy intellektni joriy etishning mafkurachisi hisoblangan.

“Rossiya harbiy-sanoat majmuasini rivojlantirishda u yoki bu tarzda ishtirok etgan va shu tariqa Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan tajovuzini qo‘llab-quvvatlayotgan har bir shaxs mudofaa kuchlari uchun qonuniy nishondir”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, olim Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining IU-1 “avtomatik boshqaruv tizimlari” kafedrasi dotsenti bo‘lgan.

“Mixail Shatskiy mudofaa sanoati olamidagi taniqli va g‘ayrioddiy shaxsdir. Ammo u yashirin ishlanmalarda ishtirok etgani uchun u haqida juda kam narsa ma’lum”, degan uning hamkasblari.

Ma’lumot uchun, yangi dron modellarining  ishlab chiquvchisi 1978 yil 7 aprelda tug‘ilgan. 27 yoshida Moskva davlat texnika universitetida “Relef xususiyatlarini hisobga olgan holda samolyotning parvoz balandligini boshqarish algoritmlarini ishlab chiqish va tadqiq qilish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Mixail Shatskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing