Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 bola O‘zbekistonga qaytarildi 

Jamiyat

image

Kecha, 15 dekabr kuni Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ancha oldin Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda  Rossiyaning 6 ta hududida joylashgan 10 nafar bolani vatanga qaytarish bo‘yicha ishlarni boshlanib, o‘rganishlar jarayonida yana 5 nafar bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgani aniqlangan. Ularning barchasi O‘zbekistonga qaytarilgan. 

O‘z oilalariga qaytarilishiga qadar bolalarning 10 nafari Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga, qolgan 5 nafari esa vaqtinchalik Toshkent shahridagi Bolalar uyiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari ko‘magida Novosibirsk va Moskva shaharlaridan xalqaro kelishuvlarga muvofiq 3 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston ota-ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing