Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 bola ortga qaytarildi

Jamiyat

image

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekistondan kelgan ishchi guruh a’zolari qarovsiz qolgan bolalarning barcha zarur hujjatlarini yig‘ish maqsadida ikki hafta davomida Rossiyaning turli hududlarida bo‘lgan.

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yordamga muhtoj barcha bolalar dastlab Moskva shahridagi voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan. Shundan so‘ng ular O‘zbekistonga qaytarilgan.

“Biz bolalarni O‘zbekistonga repatriatsiya qilish uchun qabul qildik. Markazda bo‘lgan vaqt mobaynida ularga barcha ijtimoiy va tibbiy yordam ko‘rsatildi”, deydi Moskva shahridagi “Markaziy” oilaviy tarbiyaga ko‘maklashish markazi bo‘lim rahbari Odil Zokirov.

Shuningdek, O‘zbekiston elchixonasi tomonidan bolalarning qaytishi uchun zarur sertifikatlar bepul rasmiylashtirilgan.

Bolalar O‘zbekistonga qaytgach, yaqin qarindoshlari homiyligiga (vasiyligiga) yoki maxsus bolalar muassasalariga topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 bola O‘zbekistonga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya ota-ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing