Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 12 bola O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Rossiyaning turli hududlarida ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoki og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarining 12 nafar voyaga yetmagan farzandi ortga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur insonparvarlik tadbiri O‘zbekiston elchixonasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillarining yaqin hamkorligida amalga oshirilgan.

Bolalarning 8 nafari Moskva viloyatidan, 1 nafari Chuvashiya Respublikasidan, 1 nafari Moskva shahridan, 1 nafari Novosibirsk viloyatidan va 1 nafari Tula shahridan olib kelingan.

Bortga kuzatish va yuborish jarayonida mas’ul vazirlik va idora xodimlari tomonidan bolalarning shaxsini aniqlash, vatanga qaytish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish, ularni to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va boshqa tashkiliy masalalar muvaffaqiyatli hal etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Yekaterinburg shahrida turarjoysiz qolib, ko‘chada yashashga majbur bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosiga mamlakatga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing