Rossiyada noma’lum erkak ko‘chada otishma uyushtirdi (video)

Olam

image

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi Krimsk shahrida erkak sochiq bilan yashirib kelgan miltig‘idan atrofdagilarga qarata o‘t ochdi. Bu haqda rus matbuoti xabar bermoqda.

Dastlabki, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi vafot etgan. Shuningdek, otishma boshlagan erkakning o‘zi ham o‘ldirilgani haqida ma’lumot bor.

Hozircha bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan.

“112” kanali xabariga ko‘ra, qurollangan shaxs sudda sobiq rafiqasiga yutqazgan va hukm e’lon qilingandan keyin uni ta’qib qila boshlagan. Ammo ko‘chada notanish shaxs ayolning yonini olgan va qurbonga aylangan.

Guvohlarning aytishicha, voqea “Slavyanskiy” savdo markazi yaqinida yuz bergan. Voqea joyida politsiya va tergov qo‘mitasi ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya otishma

Baholaganlar

389

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing