Rossiyada motam kuni e’lon qilindi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 24 martni "Krokus Siti Holl"dagi teraktda halok bo‘lganlar xotirasiga milliy motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda u fojiadan keyin rossiyaliklarga qilgan murojaatida aytib o‘tdi

Rossiya yetakchisi o‘z nutqi davomida "Krokus"da sodir bo‘lgan voqeani “qonli vahshiylik” deb atagan. U terakt oqibatida yaqinlarini yo‘qotgan barchaga hamdardlik bildirgan. 

"Bugun butun mamlakat, butun xalqimiz motam tutmoqda", degan Putin.

Shuningdek, u "odamlar hayotini saqlab qolish uchun hamma narsani qilgan" tez yordam shifokorlari, o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilarga, shuningdek, fojiadan keyingi dastlabki daqiqalarda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatgan fuqarolarga minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 mart kuni kechasi Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi “Krokus Siti Holl” konsert zalida noma’lum shaxslar otishma boshladi, binoda portlash sodir bo‘ldi va yong‘in chiqdi. 

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida uch kishi bo‘lgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan. Ayni vaqtgacha qurbonlar soni 80 dan oshdi.

Binoning uchdan bir qismi yonib ketgan, atrofni quyuq qora tutun qoplagan. O‘t o‘chiruvchilar odamlarni tom orqali olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan va 100 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. 

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi terakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. 

Hozirda teraktdan keyin shifoxonalarda 110 nafar kattalar va 5 nafar bola yotibdi, 60 nafar kattalarning ahvoli og‘ir. Bu haqda Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobev ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev terakt munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi teraktni qoraladi. O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi terakt oqibatida jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar borligi haqida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin motam kuni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing