Rossiyada migrantlarning mamlakatga kirishini cheklash taklif qilindi

Olam

image

Rossiya Davlat Dumasining deputati Mixail Sheremet urush davomida Rossiyaga migrantlarning kirishini cheklashni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Ichki xavfsizlikni himoya qilish maqsadida hozirgi vaqtda muhojirlarning mamlakatimizga kirishini cheklashni taklif qilaman. Afsuski, chegarani kesib o‘tgan chet elliklar, birinchi navbatda, o‘zlari uchun xavf tug‘diradi, chunki ular avtomatik ravishda G‘arb razvedka xizmatlarining Rossiyada terrorchilik harakatlari uchun sharoit yaratish, shuningdek, vaziyatni beqarorlashtirish vositalarini yaratish uchun qiziqish ob’ektiga aylanadi", deya iddao qilgan Sheremet.

Deputat Rossiyaga yaxshi niyat bilan sayohat qilayotgan boshqa davlatlar aholisini hurmat qilishini, ammo ularning ba’zilari ko‘r-ko‘rona rus xalqiga zarar yetkazish uchun foydalanilayotganini da’vo qilgan.

“Afsuski, bugungi kunda odamlarning kirib kelishida qanday niyatlar borligini aniqlashga vaqtimiz yo‘q, chunki barcha kuch va vositalar mamlakatimiz sarhadlarini himoya qilishga qaratilgan. Shu bois, urush vaqtida migrantlar Rossiyaga borishlarini istisno qilishlari kerak, deb hisoblayman”, deydi deputat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolariga zarurat bo‘lmasa, Rossiyaga bormaslikni tavsiya etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing