Rossiyada migrantlarni ishga yollashni nazorat qiluvchi tashkilot tuziladi

Olam

image

Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Rossiyada ishlash” ("Rabota v Rossii") davlat kompaniyasini mehnat muhojirlarini ishga yollash operatoriga aylantirishni taklif qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazirlik Mehnat va bandlik federal xizmati (Rostrud) bilan birgalikda tegishli prezident farmoni loyihasini ishlab chiqqan. Hujjatga ko‘ra, "Rossiyada ishlash" davlat nazorati ostida bo‘ladi, u orqali migrantlar tashkiliy ishga qabul qilish doirasida ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi.

Chet el fuqarolarining Rossiya hududida bo‘lishini nazorat qilish Ichki ishlar vazirligiga yuklangan.

"Rossiyada ishlash" chet ellik ishchi bilan shartnoma tuzadi, ishchilar reyestrini yuritadi, ishchilarning qaysi ish beruvchi ehtiyojiga ko‘ra mamlakatga kelganiga qarab, bevosita uning qo‘lida band ekanini monitoring qiladi. Shuningdek, “Rossiyada ishlash” chet ellik ishchi tomonidan ish beruvchida bo‘lish rejimini buzish holatlari hamda ish beruvchi migrantning mehnat huquqlarini buzgan holatlar haqida tegishli organlarga ma’lum qiladi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, oldinroq Mehnat vazirligi migrantlar bilan mehnat shartnomasini tuzish muddatini ikki yil bilan cheklashni taklif qilgan edi. Agar ish beruvchi tashkiliy yollash doirasida chet ellik ishchi bilan tuzilgan shartnomani muddatidan oldin bekor qilsa, migrant 30 kun ichida Rossiya hududidan chiqib ketishi kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing