Rossiyada migrantlarga yengillik beruvchi qonun ma’qullandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyada xalqaro tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish hamda stadionlar qurish uchun mamlakatga migrantlarni soddalashtirilgan tarzda olib kirish tashabbusi ma’qullandi. Bu haqda Rossiya Yuristlar uyushmasi kengashi raisi Vladimir Gruzdev xabar berdi.  

“Qonun loyihasida mamlakatimiz ishtirok etadigan xalqaro tadbirlar tashkilotchilarining ushbu tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish uchun chet el fuqarolarini jalb qilish huquqi ko‘zda tutilgan”, degan Gruzdev. 

Uning ta’kidlashicha, gap ham yirik sport musobaqalari, ham turli xalqaro festival va ko‘rgazmalar haqida ketmoqda. 

“Bunday tadbirlarni tayyorlashda ishtirok etuvchi tashkilotchilar va migrantlar ruxsat olishi shart emas. Chet el fuqarolariga kirish uchun taklifnomalar tegishli kvotani hisobga olmagan holda beriladi. Chet elliklar, shu jumladan tadbirlar uchun zarur ob’ektlarni qurishga ham jalb qilinishi mumkin”, deb tushuntirgan Gruzdev. 

Uning ta’kidlashicha, oldin har bir xalqaro tadbir uchun chet el fuqarolariga Rossiyaga kirishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydigan alohida qonunlar qabul qilingan. 

“Endi har bir yirik xalqaro tadbir uchun har safar maxsus qonunlar qabul qilinmasligiga imkon beradigan qoidalarni tizimlashtirish taklif qilinmoqda. Shuningdek, tadbir tashkilotchilari bilan shartnoma asosida ishlaydigan mehmonxona, transport va sayyohlik xizmatlari bilan bog‘liq turli xil xizmatlarni ko‘rsatadigan kompaniyalarning chet el fuqarolarini qabul qilish va ishga qabul qilishlari soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan”, deya xulosa qilgan Gruzdev.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing