Rossiyada migrantlarga ish bergan korxonalarni tekshirish bekor qilinishi mumkin

Olam

image

Rossiya Federatsiyasida mehnat migrantlarini ishga jalb qilgan korxonalarni rejali tekshiruvlardan ozod qilish taklif etilmoqda. Bu haqida “Izvestiya” nashriga tayanib, O‘zbekiston Migratsiya agentligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qonun loyihasi kelasi yilning kuzida Davlat Dumasiga taqdim etish rejalashtirilgan. 

Vazirlar Mahkamasining munosabat bildirishicha, hujjatning qabul qilinishi mamlakat iqtisodining o‘sishiga yordam beradi. Mazkur tashabbusni yetakchi biznes uyushmalari ham qo‘llab-quvvatlamoqda: noqonuniy migratsiyani aniqlashning boshqa usullari ham mavjud va mamlakat aholisining qisqarishi sababli mamlakat chet elliklarga muhtoj, deb hisoblashmoqda. 

“Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yaqin 10 yil ichida mehnatga layoqatli mahalliy aholi soni qisqarishi mumkin va mamlakat hozir ishchilarga muhtoj”, deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya migrantlar

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing