Rossiyada migrantlarga bank xizmatlaridan foydalanish osonlashtirildi
Olam
−
02 Sentabr 2021
5157Rossiya banklariga xorijiy fuqarolarni aniqlashda endilikda migratsion karta kerak bo‘lmaydi. Bu qoida joriy yilning 24 avgustidan kuchga kirdi. Bu haqda “Aziya-Plyus” nashri xabar bermoqda.
Agar ilgari chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning Rossiyada qolish yoki yashash huquqini tasdiqlovchi migratsion karta va hujjat talab qilingan bo‘lsa, endi banklar uchun faqat oxirgi qog‘ozning o‘zi yetarli.
“Sinergiya” universiteti huquqiy tartib kafedrasi dotsenti Larisa Krushanovaning so‘zlariga ko‘ra, bu chora migratsiya xizmatining byurokratizatsiyasini kamaytirishga yordam beradi.
Migratsion karta o‘rniga joriy qilingan vaqtinchalik shaxsiy guvohnoma “avvalgidek davlat va tegishli organlarga ushbu kontingentlarni nazorat qilish imkonini beradi”, deb hisoblaydi u.
Shuningdek, ekspertning ta’kidlashicha, hozirda muhojirlar Rossiya banklarining plastik kartalaridan foydalanmoqda, o‘z oilalariga pul o‘tkazmoqda hamda kreditlarni to‘lamoqda.
“Bugun chet el fuqarosining pasporti, vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma va turar joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish, patent yoki vaqtincha ishlash uchun ruxsatnoma, pul yuvishga qarshi qonun bilan birgalikda, “migratsion karta” davlatga qog‘oz hujjatdan voz kechish imkonini beradi ”, deya xulosa qildi Krushanova.
LiveBarchasi