Rossiyada migrantlar yotoqxonasiga yana o‘t ketdi
Olam
−
23 iyul 2025 7430 1 daqiqa
Rossiyaning Moskva shahri Mitnaya ko‘chasidagi yotoqxonada yong‘in sodir bo‘lib, 1 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohat oldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jarohatlanganlarning to‘qqiz nafari tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shahar shifoxonalariga yotqizilgan, bir yarador esa bundan bosh tortgan.
Aniqlanishicha, yashash maydoni dastlab chet elliklarning noqonuniy yashashi uchun ikki qavatli karavotlar bilan jihozlangan. Kvartirada kamida 17 ta ana shunday karavot aniqlangan.
Yong‘in 100 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Voqea joyiga Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining 34 xodimi va 10 ta texnikasi yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi (ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda yong‘in sabablari va noqonuniy migrantlarning joylashuvi aniqlanmoqda. Ekspertiza ishlari hamon davom etmoqda, biroq dastlabki xulosalarga ko‘ra, qisqa tutashuv va yong‘inga tarmoqning favqulodda ko‘p ishlashi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvaning shimoli-g‘arbidagi yotoqxona joylashgan binoda kuchli yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida foydalanilmayotgan binoning tomi qulab tushgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025