Rossiyada migrantlar uchun yana bir taqiq joriy etiladi
Olam
−
07 noyabr
18926Rossiya Federatsiyasining Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin 2025 yil 1 yanvardan boshlab kurerlik xizmatida ishlash uchun chet ellik mehnat muhojirlarini jalb qilishni taqiqlaydi. Bu haqda viloyat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, migrantlarga jamoat transporti, taksi va umumiy ovqatlanish sohasida ishlash taqiqi uzaytiriladi.
“Chet elliklarning patenti asosida ishchilarni jalb qilish taqiqi uzaytirildi. Qolaversa, ular orasiga kurerlik ham qo‘shildi. Taqiq yil boshidan, 2025 yil oxirigacha amal qiladi”, deyiladi xabarda.
Belgilangan taqiq quyidagi sohalarga taalluqli ekani eslatilgan:
- shahar va shahar atrofi transportida yo‘lovchilarni tashish,
- ijaraga olingan avtomobillarda taksi haydash faoliyati,
- oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash faoliyati.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning Moskva viloyatida 2025 yilning yanvaridan boshlab xorijliklarning sport, madaniyat, hordiq chiqarish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida patent bo‘yicha ishlashi taqiqlangandi. Ma’lum qilinishicha, har bir chet el fuqarosi Rossiyada ishlash uchun maxsus patent olishi kerak. Uning yo‘qligi uchun migrant ham, uni ishlatgan tashkilot ham javobgar bo‘ladi. Qoidabuzarlik uchun chet el fuqarosi 45-50 ming rubl, yuridik shaxs 800 ming rubldan 1 million rublgacha jarimaga tortiladi yoki 14 kundan 90 kungacha bo‘lgan muddatga faoliyati to‘xtatiladi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi