Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar soni ortayotgani aytildi

Olam

image

Rossiyada migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 foizga ortgan. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligining statistika ma’lumotlariga tayanib TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yilning olti oyi davomida Rossiya hududida muhojirlar tomonidan 22 mingdan ortiq jinoyat sodir etilgan. Bu 2022 yilning shu davriga nisbatan 6,3 foizga ko‘p demakdir.

“Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 22,4 mingta jinoyat sodir etilgan.  Bu 2022 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 6,3 foizga ko‘p”, deyiladi manbada.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning fuqarolari tomonidan 18,4 mingta jinoyat sodir etilgan. Bu miqdor esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,5 foizga ko‘pligi aytilgan.

Ammo  xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar soni kamayayotgani keltirilgan. 

“2023 yilning 6 oyida 6,9 mingta jinoyat sodir etilgan. Bu esa 2022 yilning mos davridagidan 14,2 foizga kam”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha Moskva shahridagi tarixiy masjid yonida Rossiyaning bir qator hududlaridagi masjidlarda noqonuniy migrantlarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan reydlar va ularda ibodat marosimlariga xalal berilishiga qarshi stixiyali namoyishlar bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya jinoyat migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing