Rossiyada migrantlar maqomini qonuniylashtirishi uchun muddat uzaytirildi
Olam
−
29 aprel
3922Rossiya Prezidenti Vladimir Putin xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun Rossiyadagi maqomini tartibga solish yoki mamlakatni tark etish muddatini joriy yil 10 sentyabrga qadar uzaytirdi. Bu haqdagi Prezident farmoni normativ huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.
Bungacha Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchisi Quvonchbek Bokontayev bilan Rossiya Prezidenti huzuridagi Mintaqalararo va xorijiy mamlakatlar bilan madaniy aloqalar boshqarmasi rahbari Igor Maslov o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, Rossiyada noqonuniy bo‘lgan xorijiy fuqarolarga o‘z maqomini tartibga solish muddati uzaytirilishi haqida ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabrda imzolangan hujjatga binoan migrantlar joriy yil 30 aprelgacha huquqiy maqomini tartibga solishi kerak edi. Bu hujjat Rossiyada migratsiya siyosatining 2024 yil bahoridan boshlab qat’iylashtirilishi oqibatida qabul qilingandi.
LiveBarchasi