1 maydan boshlab ayrim migrantlar Rossiyadan quviladi

Olam

image

Joriy yilning 30 aprel kuni Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari uchun huquqiy maqomga ega bo‘lish muddati tugaydi. Bu haqda 2024 yilning 30 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan qabul qilingan farmonda so‘z boradi.

Ushbu farmonga ko‘ra, aynan 30 aprel kunidan boshlab berilgan imkoniyatlar muddati o‘z nihoyasiga yetadi. Ushbu farmon xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiya hududida qonuniy qolish asoslarini yo‘qotgan taqdirda, o‘z huquqiy maqomini tartibga solish imkoniyatini taqdim etadi.

Shunday qilib, joriy yilning 1 may kunidan boshlab, huquqiy maqomini tartibga solmagan shaxslarga nisbatan mamlakatdan chiqarib yuborish va kelajakda Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qo‘llaniladi.

Bildirilishicha, fuqarolar tegishli ruxsatnoma hujjatlarini olish uchun Rossiya Ichki ishlar vazirligi organlariga yoki Moskva shahridagi “Saxarovo” markaziga murojaat qilishlari zarur.

Ma’lumot uchun, 2024 yil yakuniga ko‘ra, Rossiya hududida 6,3 million nafar chet ellik fuqarolar yashamoqda, ulardan 1,4 million nafari o‘zbekistonliklar sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilda migratsiya qoidalarini buzgani uchun Rossiyadan 80 mingdan ortiq migrant majburiy tarzda chiqarib yuborilgani xabar qilingan edi. Moskva shahri va viloyatidan 2024 yilda 23 ming migrant chiqarib yuborilgan. Ular sud tomonidan Rossiya Ma’muriy kodeksining 18.8-moddasi (Rossiyaga kirish yoki unda yashash tartibini buzish) bo‘yicha huquqbuzarlik sodir etgan deb topilgan va endi ular kelgusi besh yil davomida Rossiyaga qaytish huquqiga ega bo‘lmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya chet el fuqarolari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing