Rossiyada mart oyida o‘zbek tilidagi 12 ta telekanal namoyishi boshlanadi
Olam
−
04 mart 2021
19173SPB TV kompaniyasi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) hududida o‘zbek tilidagi telemahsulotlarni tarqatish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, kanallarning efirga uzatilishi mart oyida Rossiya va MDHning turli OTT TV-platformalarida amalga oshiriladi, ba’zi provayderlar bilan allaqachon kelishuvlar amalga oshirilgan.
Ta’kidlanishicha, imzolangan kelishuvga muvofiq, birinchi marta o‘zbek tilidagi telemahsulotlar Rossiya va MDH mamlakatlaridagi televizion platformalarga rasmiy kirish huquqini oladi. Rossiya va MDH mamlakatlari bo‘ylab auditoriya kamida 2,5 million tomoshabinni tashkil qiladi.
Tomoshabinlarga O‘zbekistonning 12 ta milliy kanalini ko‘rish imkoniyati taqdim etiladi. Ular orasida sport, yangiliklar, ommabop, ko‘ngilochar dasturlarga mo‘ljallangan kanallar bo‘ladi.
Kontent yuqori sifatda havola etiladi, teleko‘rsatuvlarni xohlagan vosita orqali tomosha qilish mumkin: turli mobil ekranlar, planshetlar, personal kompyuter va SmartTV. Zamonaviy imkoniyatlardan foydalanib, turli hududda o‘z qiziqishlariga qarab, reklama joylashtirish mumkin, deyiladi xabarda.
SPB TV bosh direktori Kirill Filippovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 2 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi doimiy ravishda Rossiyada yashaydi.
“Ushbu auditoriya o‘z ona tilidagi kontentdan ajratib qo‘yilgan edi. Bizning MTRK bilan kelishuvimiz bu muammoni hal qiladi. Ishonamanki, o‘zbek tilidagi sifatli va xilma-xil kontent talabga javob beradi va pul ishlash uchun yangi istiqbollarni ochib beradi”, deydi Kirill Filippov.
LiveBarchasi