Rossiyada markaziy osiyolik terakt uyushtirishga urinishda gumonlanmoqda (video)

Olam

image

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari Rostov-na-Donu shahrida markaziy osiyolik bir fuqaroni terrorchilik harakati uyushtirishga urinishda gumon qilib, hibsga oldi. Bu haqda bugun, 29 iyul kuni FXXning axborot xizmatiga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 1982 yilda tug‘ilgan, Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Rossiya Mudofaa vazirligining yuqori lavozimli harbiy xodimiga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan. Uning yonidan 400 gramm trotil ekvivalentiga teng bo‘lgan qo‘lbola portlovchi moslama topilgan. FXXning ma’lum qilishicha, gumonlanuvchi aybini tan olgan.

Holat yuzasidan FXXning Rostov viloyati bo‘yicha boshqarmasi quyidagi moddalarga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan:

  • Jinoyat kodeksining 30-moddasi 1-qismi va 205-moddasi 1-qismi – terrorchilik harakatiga tayyorgarlik,
  • 222.1-modda 1-qismi – portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalarni noqonuniy muomalaga kiritish,
  • 223.1-modda 1-qismi – portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalarni noqonuniy tayyorlash.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva viloyatining Shyolkovo shahrida O‘zbekiston fuqarosi 49 yoshli kar-soqov erkakni kaltaklab o‘ldirgandi. Jabrlanuvchi axlat konteynerlari yonidan o‘tayotganida, u yerda mahalliy boshqaruv kompaniyasida ishlovchi ikki o‘zbekistonlik ishchi chiqindilarni kovlayotgan bo‘lgan. Kar-soqov erkak imo-ishoralar orqali noroziligini bildirgan – taxmin qilinishicha, u ularning axlatni titkilayotganiga e’tiroz bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya terakt Markaziy Osiyo Rostov-na-Donu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing