Rossiyada markaziy osiyolik 2 kishi o‘ldirildi. Ular terakt tayyorlashda gumon qilingan

Olam

image

Rossiyada markaziy osiyolik ikki kishi o‘ldirildi. Ular Nijniy Novgorod viloyatidagi neft-kimyo korxonasiga qarshi terrorchilik harakatini tayyorlaganlikda gumon qilingan. Dastlabki hibsga olishga urinishda ular qarshilik ko‘rsatgan va otishmada otib tashlangan. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xabar berdi.

“Nijniy Novgorod viloyatida Ukrainadagi maxsus xizmatlar tomonidan rejalashtirilgan diversiya-terrorchilik harakatining oldi olindi. Bu harakatda xalqaro terrorchilik tashkiloti g‘oyalariga ergashuvchi, Rossiya hududida taqiqlangan guruh tarafdori bo‘lgan ikki nafar Markaziy Osiyo fuqarosi ishtirok etgan”, deyiladi xabarda.

FXXga ko‘ra, ular ukrainalik kurator ko‘rsatmasiga binoan, yashirin joydan portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan dronlarni olib chiqib, ularni mintaqaning neft-kimyo sanoati korxonalaridan biriga qarshi ishlatmoqchi bo‘lgan. Hibsga olish paytida ular qurolli qarshilik ko‘rsatgan va o‘ldirilgan. Hodisa joyidan xorijda ishlab chiqarilgan portlovchi modda bilan jihozlangan ikki dron, Kalashnikov avtomati va Makarov pistoleti musodara qilingan.

“Gumonlanuvchilarning telefonlarida kurator bilan yozishmalar, shuningdek, portlovchi moddalar va o‘qotar qurollar saqlangan yashirin joy koordinatalari aniqlangan”, deyiladi rasmiy xabarda.

Ularning Markaziy Osiyoning qaysi respublikasidan ekani haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya poytaxti Moskva metrosini portlatib, shahardagi yahudiylar ibodatxonasida teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan shaxs Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari tomonidan to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya terakt Nijniy Novgorod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing