Rossiyada Markaziy Osiyo fuqarolari uchun viza rejimini o‘rnatish taklif qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyada Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun vaqtinchalik viza rejimini joriy etish taklif qilindi. “Adolatli Rossiya – vatanparvarlar – Haqiqat uchun” partiyasi yetakchisi Sergey Mironov shunday tashabbus bilan chiqdi

Siyosatchi o‘zining Telegram sahifasida MO fuqarolari uchun viza joriy etilishi 3 muhim muammoni hal qilishini keltirib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, viza rejimi mehnat migratsiyasi oqimini kamaytiradi, bu esa jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtiradi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar sonining kamayishi “Rossiyaga koronavirusning yangi shtammlari kirib kelishi ehtimolini imkon qadar kamaytirishga” yordam beradi. Eng asosiysi esa, Rossiya iqtisodiyoti arzon muhojir mehnatidan himoyalanadi.

“Arzon ishchi kuchi biznesni buzadi, ish haqini oshirish, ishchilarni qayta tayyorlash va jihozlarni yangilash uchun pul tejash imkonini beradi. Moskva hukumati bu muammoni to‘g‘ri shakllantirdi: qurilish maydonida ikki-uch barobar kam odam ishlashi kerak, ular ikki-uch barobar tezroq qurishlari va uch barobar ko‘proq olishlari kerak. Bunday yondashuv iqtisodiyotning boshqa hududlari va tarmoqlariga ham tatbiq etilishi zarur, shunday qilib migratsiya siyosatini kuchaytirish lozim”, deydi Mironov.

Siyosatshunosning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilgacha Rossiyaga kamida 5 million mehnat muhojiri jalb etilishi kerak. Iyun oyida Bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullin uy-joy qurilishi sohasida milliy maqsadlarga erishish bo‘yicha mintaqa rahbarlari bilan uchrashuvda bu haqda gapirib o‘tgan. Joriy yilning oktyabr oyida Tojikiston va o‘zbekistonlik muqaddam  deportatsiya qilingan 300 ming muhojirga nisbatan amnistiya e’lon qilingan edi. Uning ta’kidlashicha, Rossiyaga mehnat kerak. Postsovet makonini integratsiyalash kursi e’lon qilinganini u davlat siyosati, deya atadi.


Maqola muallifi

Teglar

viza

Baholaganlar

201

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing