Rossiyada maktab o‘qituvchisi qabristonda o‘quvchi qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

Olam

image

Rossiyada maktab o‘qituvchisi  qabristonda o‘quvchi qizni zo‘rlaganlikda ayblanyapti. Mazkur voqea Chelyabinsk viloyati Kasargi qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda NTV xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘quvchi qizning onasi o‘qituvchi ustidan shikoyat qilgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, notanish erkak qizini qabristonga olib borib zo‘rlagan. Keyin esa bu haqda qiz birovga aytsa, uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Mahalliy matbuotga ko‘ra, qo‘lga olingan gumonlanuvchi shaxs 33 yoshli chelyabinsklik o‘qituvchi bo‘lib, tumandagi maktablardan birida rus tili va adabiyotidan dars beradi. 

Ma’lum qilinishicha, tergov davomida erkak aybini tan olmagan. U qishloqqa qo‘ziqorin terish uchun kelganida o‘quvchi qizni ko‘rib qolgani va adashib qolgan deb o‘ylab, yordam berish maqsadida uni mashinasiga o‘tirishga undaganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz,Toshkent shahrida musiqa o‘qituvchisi 12 yashar qizga ikki yil davomida tegajog‘lik qilib kelgani haqida xabar berilgandi.

Durdona Shirinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya maktab o'qituvchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing