Rossiyada kuydirgi kasalligi aniqlandi
Olam
−
21 avgust 2023
6990Rossiyaning Voronej viloyatida kuydirgi kasalligi aniqlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Voronej viloyatining Paninskiy munitsipal okrugida odamda kuydirgi bilan kasallanish holati qayd etilgan. Kasallikning sababi virus bilan zararlangan hayvonning tana go‘shtini kesish edi. Holat Rospotrebnadzorning Stavropol vaboga qarshi instituti tomonidan laboratoriya tekshiruvlarida tasdiqlangan”, deyiladi xabarda.
Aytiishicha, boshqaruv mutaxassislari epidemiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Xususan, atrof-muhit obektlaridan namunalar olinib, tahlil qilingan. Kasallikka chalingan odam bilan aloqada bo‘lgan shaxslar doirasi aniqlanib, shifokorlar nazoratiga olingan.
Shuningdek, vaziyat Rospotrebnadzorning Voronej viloyati departamenti nazoratida ekani ma’lum qilindi. Departamentga ko‘ra, Voronejdagi hududda joriy yilning 16 noyabrgacha amal qiladigan favqulodda holat joriy etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy va Mo‘g‘ulistonda dunyodagi eng dahshatli kasalliklardan biri bo‘lgan o‘lat aniqlangandi.
LiveBarchasi