Rossiyada ko‘pxotinlikka ruxsat beruvchi fatvo bekor qilindi

Olam

image

Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi ulamolar kengashi ko‘pxotinlikka ruxsat beruvchi fatvoni qaytarib oldi. Bu haqda kengash raisi Shamil Alyautdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror Bosh prokuraturaning chaqirig‘i va Rossiya jamoatchiligining munosabati bilan qabul qilingan.

“Rossiya Bosh prokuraturasi “Rossiya musulmon hamjamiyatida ko‘pxotinlilik masalasi” fatvosini bekor qilishga chaqirgani haqidagi OAVda paydo bo‘lgan ma’lumot va Rossiya jamoatchiligi tomonidan bildirilgan munosabat sababli Musulmonlar diniy boshqarmasi ulamolar kengashi mazkur fatvoni qaytarib olmoqda. Bu Allohning irodasi, shu bois Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi bu masalada munozaraga kirishishni ma’qul ko‘rmaydi”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 dekabr kuni Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi fatvo e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, Rossiyada musulmon erkaklar o‘z ayollariga nisbatan adolatli va teng munosabatda bo‘lish sharti bilan 4 tagacha shar’iy nikoh tuzishiga ruxsat berilgandi. Ushbu shartlar bajarilmasa, erkakka bir nechta xotin olishga ruxsat berilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing