Rossiyada ko‘p qavatli uyda gaz portladi (video)

Olam

Rossiyaning Yaroslavl shahrida ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Natijada hozirgacha ikki kishi halok bo‘ldi va uch kishi jarohatlandi.

Portlash sabab binoning beshinchi qavatidan uchinchi qavatigacha bo‘lgan qismi buzilib ketdi. U yerda yashovchi aholi evakuatsiya qilindi.

Yaroslavl shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisada ayol kishi vafot etganini ma’lum qildi. Shuningdek, bola jasadi ham topilgan. Qutqaruv ishlari yakunlangan. Vayronalar ostida boshqa hech kim qolmagan.

Ma’lum qilinishicha, portlash Batova ko‘chasidagi 5-uyda yuz bergan. Shuningdek, ko‘p qavatli uyning ikkinchidan beshinchi qavatigacha vayron bo‘lgani ham aytilmoqda.

Viloyat gubernatori Dmitriy Mironov hukumatga aholini evakuatsiya qilish uchun va shahardagi barcha tezkor xizmatlarni safarbar qilishga ko‘rsatma berdi.

Tergov portlash sababini o‘rganishga kirishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya portlash

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing