Rossiyada ko‘p qavatli uy portlab ketdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
19 Oktabr
8574Rossiyaning Tambov viloyati Kirsanov shahridagi besh qavatli uyda gaz chiqishi sabab portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda uch kishi halok bo‘lgan, besh kishi jarohat olgan. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa Kommunistik ko‘chasida sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida binoning to‘rtinchi va beshinchi qavatlari vayron bo‘lgan. Hodisa 150 kvadrat metr maydonni qamrab olgan va hozirgi paytda undan chiqqan yong‘in o‘chirilgan.
“Hodisa joyida favqulodda xizmatlar ish olib bormoqda va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilmoqda. Uyning evakuatsiya qilingan aholisi uchun 60 o‘rinli vaqtinchalik turarjoy punkti tayyorlangan”, deyiladi xabarda.
Hududiy Tergov qo‘mitasi voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 3-qismi (ehtiyotsizlik orqali ikki va undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Dog‘iston respublikasi poytaxti Maxachqal’adagi yonilg‘i quyish shoxobchasidagi portlash 10 kishining umriga zomin bo‘lgan edi.
LiveBarchasi