Rossiyada koronavirusning yangi antirekordi o‘rnatildi

Olam

image

Rossiyada koronavirus bemorlari soni bo‘yicha yangi antirekord qayd etildi. O‘tgan sutkada mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 16 710 nafarga ortib, 1 million 513 877 kishini tashkil qildi. Bu haqda COVID-19 bo‘yicha operativ shtab ma’lum qilgan. 

Shtab ma’lumotlariga ko‘ra, nisbiy jihatdan o‘sish ikki kun davomida 1,1% ni tashkil qilgan. Kuniga eng past o‘sish sur’atlari Checheniston Respublikasi (0,4%), Moskva viloyati, Chuvash Respublikasi, Dog‘iston va Tataristonda (0,6%) qayd etilgan. Xususan, Moskvada kuniga 4455 ta yangi holat aniqlangan. Bu ko‘rsatkich Sankt-Peterburgda – 709, Moskva viloyatida – 491, Nijniy Novgorod viloyatida – 396, Rostov viloyatida – 306 tani tashkil etgan. Hozirda Rossiya Federatsiyasida 349 305 bemorning davolanishi davom etmoqda. 

Mamlakatda koronavirus tufayli vafot etganlar soni esa yana 229 nafarga qo‘payib,  jami qurbonlar  26 050 kishini tashkil etmoqda.  Kasallikning shartli o‘lim darajasi (yakuniy ko‘rsatkich epidemiya tugagandan keyingina aniqlanishi mumkin) 1,72% gacha kamaygan. Kun davomida Moskvada 68 ta, Sankt-Peterburgda 25 ta, Rostov va Nijniy Novgorod viloyatlarida 11 ta, Moskva va Irkutsk viloyatlarida 9 ta, Dog‘iston Respublikasida va  boshqa 30 ta mintaqada o‘limlar soni 8 kishidan oshmagan. 

O‘tgan sutkada koronavirusga chalingan bemorlarning 7 704 nafar sog‘aygan. Mamlakatda ushbu kasallikni ortda qoldirganlar jami 1 million 138 522 kishini tashkil etmoqda. Shtab ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda kasallikdan sog‘ayish 75,2 foiz. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Koronavirus

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing