Rossiyada koronavirusning ikkita yangi shtammi aniqlandi
Olam
−
19 aprel 2021
6001Rossiyada koronavirusning sibir va shimoli-g‘arbiy variantlari shakllanyapti. Bu haqda Rossiya Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmat rahbari Anna Popova ma’lum qildi.
“Bizda, Rossiya Federatsiyasida xorijdagi hech bir shtammga xos bo‘lmagan mutatsiyalar mavjud”, degan Popova Rossiya Fanlar akademiyasining Tibbiy fanlar bo‘limi yig‘ilishida.
Avvalroq, Popova Sibir mintaqasida koronavirusda ma’lum o‘zgarishlar kuzatilayotganini ma’lum qilgandi. Ammo u virus tarqalishi va epidemiologik vaziyatga ta’sir o‘tkazmasligini qo‘shimcha qilgan.
Bugungacha, koronavirusning milliy shtammlari allaqachon ko‘plab davlatlarda aniqlangan. Bulardan “britancha”, “afrikacha” va “brazilcha” shtammlar boshqalariga nisbatan yuqumli deb hisoblanadi.
LiveBarchasi