Rossiyada koronavirusga qarshi emlash boshlandi

Olam

image

Rossiyaning barcha hududlaridagi koronavirusga qarshi emlash bilan shug‘ullanadigan tibbiyot muassasalarida vaksinatsiya ishlari boshlandi. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko bugun, 15 dekabr kuni Hukumatning koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashi prezidiumida ma’lum qildi.

“Hozirgi kunda emlash bilan shug‘ullanadigan tibbiyot tashkilotlarining umumiy soni 1229 tanini tashkil etmoqda”, deydi vazir.

Murashkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning 90 ga yaqin tibbiyot tashkilotlari koronavirusga qarshi vaksinaning ulgurji partiyasini yanada kengroq tarqatish uchun qabul qiladi.

“Jami 89 ta tibbiyot tashkiloti butun Rossiya bo‘ylab joylashgan bo‘lib, ular vaksinaning ulgurji partiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z mintaqalari ichida kengroq tarqatish uchun qabul qilib olishdi”, deydi u.

Vazirning so‘lariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi emlangan fuqarolarning reestrini yuritadi, unda 28,5 ming kishining ro‘yxati bor. Ma’lum bo‘lishicha, “Biokad” kompaniyasi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish uchun guvohnoma olgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 dekabr kuni Toshkentga Rossiyaning koronavirusga qarshi “Cputnik V” vaksinasi namunalari olib kelindi. Namunalar O‘zbekistonga ro‘yxatdan o‘tkazish oldidan tegishli sinovlarni olib borish va mamlakatda vaksina ishlab chiqarishga start berish uchun taqdim etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vaktsina

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing