Rossiyada koronavirusdan o‘lim bo‘yicha yangi antirekord o‘rnatildi

Olam

image

Rossiyada koronavirusdan vafot etish bo‘yicha sutkalik yangi antirekord o‘rnatildi. O‘tgan sutkada mamlakatda jami 491 kishi yangi turdagi koronavirus COVID-19 sabab vafot etgan. Ushbu xavfli virus qurbonlari mamlakat bo‘ylab 37 ming 31 nafarni tashkil etmoqda. 

Qayd etilishicha, bir kun oldin o‘lim holatlari 361 taga yetgan. 

Ayni vaqtda mamlakatda 2 million 120 836 kishi koronavirusga chalingan. O‘tgan sutkada yuqtirganlar 24 326 nafarga ko‘paygan. 

Sog‘ayganlar 1 million 621 465 nafarga yetgan. Vafot etganlar umumiy bemorlarning 1,74 foizini tashkil etmoqda. 

O‘tgan sutkada yirik shaharlar Sankt-Peterburgda 80 ta, Moskvada 76 ta, Krasnoyarsk o‘lkasida 24 ta, Moskva viloyatida 21 ta, Rostov viloyatida 18 ta o‘lim qayd etildi. 

Besh kun ichida kunlik yuqtirishning yangi holatlari soni 24 mingdan oshdi, shtab ma’lumotlariga ko‘ra nisbiy ravishda o‘sish 1,2 foizni tashkil etmoqda.  

Xususan,  Moskvada kuniga 5 838, Moskva viloyatida 970, Nijniy Novgorod viloyatida 443, Sverdlovsk viloyatida 384, Arxangelsk viloyatida 351 yangi holat aniqlangan. 

Ayni paytda Rossiyada 467 126 kishi davolanishni davom ettirmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing