Rossiyada koronavirusdan o‘lim bo‘yicha yangi antirekord qayd etildi
Olam
−
12 noyabr 2020
7204O‘tgan sutkada Rossiyada koronavirus tufayli vafot etganlar soni 439 taga ko‘payib, o‘tgan kundagi 432 ta o‘lim holati bo‘yicha antirekordni yangiladi. Bu mamlakatda pandemiya boshlangandan buyon qayd etilgan kunlik eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichi ekani aytilmoqda.
Ayni vaqtda mamlakatda ushbu virusdan vafot etganlar 32 ming 32 nafarni yoki umumiy bemorlarning 1,7 foizini tashkil etmoqda.
Kun davomida Moskvada 71 kishi, Rostov viloyatida 19 kishi, Krasnoyarsk o‘lkasida va Irkutsk viloyatida 16 kishi, Nijniy Novgorod viloyatida 14 kishi va Moskva viloyatida 13 kishi vafot etgan.
Rossiyada kuniga koronavirus bilan kasallanganlar soni 21 608 kishini tashkil qildi, mamlakat bo‘ylab aniqlangan umumiy holatlar soni 1 million 858 568 kishiga yetgan. Yuqtirish holatlarining o‘sishi 1,1 foizdan 1,2 foizgacha ortgan.
Dog‘iston Respublikasi (har biri 0,6%), Tatariston Respublikasi, Mariy El respublikasi, Xanti-Mansi avtonom okrugi, Chuvash respublikasi (kuniga 0, 7%) da eng kichik o‘sish sur’atlari qayd etildi.
Bir kunda aniqlangan koronavirus infeksiyasining soni Moskvada 5997, Moskva viloyatida 729, Nijniy Novgorod viloyatida 421, Arxangelsk viloyatida 340, Krasnoyarsk viloyatida 329 tani tashkil etdi.
Tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasida jami 438 368 kishi bemorlar ro‘yxatida qolmoqda.
O‘tgan sutkada tlgari koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning 18 811 nafari shifoxonadan chiqirildii. Bu ham pandemiya boshlanganidan beri bu eng yuqori ko‘rsatkich. Jami 1 million 388 168 bemor yoki umumiy bemorlarning 74,7 foizi infeksiyadan davolangan.
Kun davomida 3959 bemor Moskvada, 787 nafari - Trans-Baykal o‘lkasida, 639 kishi - Chelyabinsk viloyatida, 476 kishi - Nijniy Novgorod viloyatida, 490 kishi - Moskva viloyatida davolanishdan so‘ng shifoxonadan chiqarilgan.
Sankt-Peterburgdagi vaziyat
Sankt-Peterburgda kuniga 1667 nafar koronavirusga chalingan bemor aniqlangan bo‘lib, bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Bir kun oldin shaharda 1574 ta yuqtirish holatlari aniqlangan, bu ham maksimal ekani aytilgandi.
LiveBarchasi