Rossiyada koronavirusdan rekord darajada o‘lish holati qayd etildi

Olam

image

Rossiyada bir sutkada COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning o‘limi bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab saytida e’lon qilingan ma’lumotlarda so‘z boradi.

Shtabning bugun, 13 iyul kuni taqdim qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada so‘nggi bir sutkada 780 nafar bemor COVID-19 kasalligidan vafot etgan.

Avvalgi anti-rekord joriy yilning 10 iyulida o‘rnatilgandi. O‘shanda bir sutkada 752 bemor vafot etgan. Pandemiya boshlanganidan buyon Rossiyada jami 144 492 o‘lim qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kuzatuvlar ro‘yxatiga koronavirusning “ruscha” shtammini kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya koronavirus COVID-19 antirekord

Baholaganlar

444

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing