Rossiyada koronavirusdan ilk o‘lim qayd etildi

Olam

image

Rossiyada COVID-19 koronavirusidan ilk o‘lim qayd etildi. Moskvadagi shifoxonada davolanayotgan bemor vafot etgani ma’lum qilindi.

“79 yoshli bemor 13 mart kuni olib kelingandi. 14 martdan u xususiy klinikada davolanayotgandi. Ikki kun o‘tib, uni 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazishdi. Koronavirusga topshirgan tahlili ijobiy chiqdi. Nafas olishga qiynalgani uchun kompleks intensiv terapiya olayotgandi. U shifoxonada izolyatsiya qilingandi”, deyilgan tezkor shtab axborotida.

Bugungacha Rossiyada 147 kishida koronavirus aniqlandi. Hozirgacha 5 kishi davolangan. Bemmorlarning 86 nafar mamlakat poytaxti Moskvda aniqlangan.

Ma’lumot o‘rnida, yangi turdagi koronavirus 2019 yil dekabr oyi oxirida aniqlandi. Virus Xitoy markazidagi aholi eng zich joylashgan shaharlardan biri Uxanda aniqlandi. Joriy yilning mart oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishini pandemiya deb tan oldi. Koronavirus aniqlangan davlatlar 176 taga yetdi. Shu jumladan, O‘zbekistonda ham koronavirus aniqlandi. Hozirda dunyo bo‘yicha 220 mingga yaqin odam koronavirus bilan kasallangan, ularning 9 mingga yaqini halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

361

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing