Rossiyada xorijlik talabalarga patentsiz ishlashga ruxsat berildi
Olam
−
06 avgust 2020
49805 avgustdan boshlab Rossiyada tahsil olayotgan chet elliklar patent va ishlashga ruxsatnoma olmasdan ishlashiga ruxsat berildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 2 fevralda tegishli qonun imzolangan edi.
2020 yil 5 avgustdan kuchga kirgan mazkur hujjatda Rossiya Federatsiyasi hududidagi kasbiy ta’lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ish bilan ta’minlash tartibini soddalashtirish ko‘zda tutilgan.
Ilgari chet ellik talabalar ishlashga ruxsatnoma va patent olmasdan faqat o‘zlari ta’lim olayotgan universitetlarda, oliy o‘quv yurtlari tomonidan ta’sis etilgan tashkilotlarda ishlashi mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, chet ellik talaba o‘qishni tugatgan yoki o‘qishni to‘xtatgan taqdirda, ishlashni to‘xtatish va mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish/xizmatlarni ko‘rsatish shartnomasini bekor qilish kerak, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15