Rossiyada qurilishda ishlayotgan o‘zbekistonlik balandlikdan yiqilib, halok bo‘ldi
3-sahifa
−
18 dekabr 2023
8256Leningrad viloyatining Kudrovo shahridagi qurilish maydonchasida ishlayotgan o‘zbekistonlik uch metr balandlikdan yiqilib, halok bo‘ldi. Bu haqda "Gazeta.ru" xabar berdi.
Hushsiz yotgan ishchini topgan prorab darhol tez yordamga murojaat qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari uning o‘lganini aniqlagan. Marhum O‘zbekiston fuqarosiligi ma’lum bo‘lgan.
Mehnat muhojiri uch metr balandlikda osma narvon ustida ishlagani ma’lum bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, marhum o‘zining ehtiyotsizligi tufayli yiqilgan. Voqea holatlari o‘rganilayotgani aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyada 32 yoshli o‘zbekistonlik erkak lift shaxtasiga qulab halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi