Rossiyada ishlash uchun 700 dan ortiq fuqaro tanlab olindi
Jamiyat
−
25 noyabr 2020
6826O‘zbekistonning Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida Rossiyada ishlash niyatidagi fuqarolar o‘rtasida tanlov o‘tkazilib, 700 nafardan ortiq fuqaro tanlab olindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Tanlab olingan fuqarolar o‘zaro shartnomaga asosan “PIK-Industriya” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishga qabul qilinadi.
Tanlov videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan va unda “PIK-Industriya” tomonidan mehnat migrantlari uchun yaratilgan sharoitlar, ish haqi, zarur mutaxassisliklar haqida ma’lumot berilgan.
Tanlovlarda ish beruvchi payvandchi, elektrik, shamollatish tizimlarini montaj qilish, g‘isht teruvchi va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha vakansiyalar haqida ma’lumot berilib, o‘rtacha 60-90 ming rubl miqdorida oylik ish haqi taklif etgan.
Ish beruvchi Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksida belgilangan mehnat sharoitlari, ish haqi, mehnat ta’tili, COVID-19 testi, yotoqxona va ro‘yxatdan o‘tish, zarur himoya vositalari, ish kiyimlari, ish qurollari bilan ta’minlaydi.
Pandemiya paytida chet el fuqarolarini olib kirish uchun maxsus ruxsatnoma olinib, ishga jalb qilingan O‘zbekiston fuqarolari kamida 1 yil ishlab berishi talab etiladi.
Avvalroq, 10-18 noyabr kunlari o‘tkazilgan tanlovlarda tanlab olingan 1209 nafar fuqaroning ro‘yxati Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi “Pasport va viza xizmati” federal davlat unitar korxonasiga fuqarolarning ushbu davlat hududiga kirib borishida taqiq bor-yo‘qligini tekshirish, shuningdek, Koronavirus kasalligi kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha operativ shtabidan Rossiyaga kirishga ruxsat olish uchun yuborilgan.
LiveBarchasi