Rossiyada fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik ayollar qutqarildi

Olam

image

Rossiyaning Tver viloyatida o‘zbekistonlik 10 nafar ayol jinsiy qullikdan qutqarildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, ayollar Rossiyaga ishlash uchun kelgan, biroq ular fohishalikka majburlangan. 

Ozod qilingan ayollardan biri Nargiza (ismi o‘zgartirilgan) Rossiyaga O‘zbekistondan ishlash uchun kelganini, biroq uni Tverga olib kelib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlashganini aytgan. Ayol yashayotgan uy egasi fohishalik qilib topgan pullarini olib kelishi kerakligini ta’kidlagan. Nargiza e’tiroz bildirmoqchi bo‘lganida, uning oldida hujjatlarini yirtib tashlangan. 

Aniqlanishicha, Nargiza yana 9 nafar fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik ayollar bilan "Podsolnux" kafesida yashab kelgan. 

Qayd etilishicha, Nargiza joriy yilning 13 oktyabr kuni yashayotgan uyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Vokzaldan ayol o‘z qarindoshlariga qo‘ng‘iroq qilgan, ular esa ko‘ngillilar bilan bog‘lanishgan. Shundan keyin ayol va ko‘ngillilar guruhi qolgan 9 nafar ayolni ham qutqarishgan.

Ayollarni fohishalikka majbur qilgan shaxs qo‘lga olingan, hozirda mazkur ish yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik

Baholaganlar

884

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing