Rossiyada dushman tomonga o‘tish davlatga xiyonatga tenglashtirilmoqda
Olam
−
26 may 2022
11002Rossiya Davlat Dumasida harbiy harakatlar sharoitida dushman tomoniga o‘tishni davlatga xiyonat qilish bilan tenglashtirish taklif qilindi. Bu haqda Rossiya Qonunchiligini qo‘llab-quvvatlash tizimi saytida aytiladi.
Hujjatning tushuntirish xatida aytilishicha, qonun loyihasida Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 275-moddasiga (“Davlatga xiyonat”) aniqliklar kiritish taklif etilmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, agar qonun loyihasi qabul qilinsa, qurolli mojaro paytida dushman tomoniga o‘tish, shuningdek, Rossiyaga qarshi harbiy amaliyotlar bilan bog‘liq harakatlar davlatga xiyonat sifatida baholanadi.
Bunday harakatlari uchun jinoyat sodir etgan shaxs 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Jenevada joylashgan BMTdagi doimiy vakolatxonasi maslahatchisi Boris Bondarev Ukrainadagi urushni qoralab, iste’foga chiqqandi.
LiveBarchasi