Rossiyada butlovchi qismlar yetishmasligi sababli avtomobil ishlab chiqarish to‘xtatiladi
Olam
−
25 mart 2020
6738Rossiyadagi aksariyat avtokompaniyalar mamlakatdagi zavodlari faoliyatini to‘xtatmoqchi. Bunga sabab qilib butlovchi qismlar yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar ko‘rsatilmoqda. Bu haqda bugun, 25 mart kuni TASS agentligi xabar berdi.
"Volkswagen" va "Groupe PSA" allaqachon o‘z zavodlari to‘xtaganini e’lon qilishdi. "Sollers" avtokompaniyasi UAZ va "Ford Sollers" avtomobillarida ishlab chiqarishni to‘xtatish haqida e’lon qildi.
Chet el tarkibiy qismlarining yetishmasligi
O‘tgan hafta "Volkswagen" koronavirus tufayli Yevropadagi ko‘plab zavodlarini yopdi. "Groupe PSA" zavodlari esa Yevropada joriy yilning 27 martiga qadar yopiladi. Tabiiyki, bu xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilarning Rossiyadagi faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Kaluga va Nijniy Novgoroddagi "Volkswagen" zavodlari 30 martdan 10 aprelgacha ishlamaydi. 30 martga qadar "Volkswagen" dilerlar va xaridorlarga avtomobil va ehtiyot qismlarni barqaror yetkazib berishni ta’minlashini ma’lum qildi.
"Groupe PSA" shuningdek, Kaluga viloyatidagi zavodni koronavirus fonida yetkazib berishda uzilishlar tufayli 1 dan 3 aprelgacha to‘xtatib turadi. Ma’lumot uchun, ushbu zavod Peugeot 408, Citroen C4, Mitsubishi Outlander, Zafira Life minivenlari va Opel Vivaro mikroavtobusini ishlab chiqaradi.
LiveBarchasi