Rossiyada bortida 22 kishi bo‘lgan vertolyot bedarak yo‘qoldi

Olam

image

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari Kamchatkada yo‘qolgan Mi-8 vertolyotini qidirmoqda. “Vityaz-Aero” aviakompaniyasiga tegishli vertolyot bortida 22 kishi bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda RBK xabar berdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, vertolyot bortida 22 kishi — 19 yo‘lovchi va uch ekipaj a’zosi bo‘lgan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kamchatka qutqaruv markazining quruqlikdagi guruhi va bortida qutqaruvchilar bo‘lgan Mi-8 vertolyoti qidiruvga jalb qilingan.

Rosaviatsiya matbuot kotibi Artem Korenyakoga ko‘ra, Mi-8 vertolyoti bugun, 31 avgust kuni ertalab Kamchatkada g‘oyib bo‘lgan. U Vachkajets vulqoni yaqinidagi hududdan Nikolayevkaga (Yelizovo aeroportidan 17 km janubi-g‘arbda) uchayotgan bo‘lgan.

“Vertolyot ekipaji Moskva vaqti bilan 07:15 da aloqaga chiqishi kerak edi, biroq aloqaga chiqmadi. Vertolyot bortida sayyohlar bo‘lgan bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Yo‘qolgan vertolyot haqidagi xabarlar paydo bo‘lgach, Uzoq Sharq transport prokuraturasi Jinoyat kodeksining 263-moddasi (harakat xavfsizligi va havo transportidan foydalanish qoidalarini buzish) bo‘yicha tergov boshlagan. Aybdor deb topilganlar 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda 17 yil avval yo‘qolgan samolyot qoldiqlari topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya vertolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing