Rossiyada birinchi marta odamda yangi parranda grippi aniqlandi

Olam

image

Rossiyaning janubidagi parrandachilik fermasining ettita xodimida yangi turdagi parranda grippi aniqlandi. Bu haqda “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova bugun, 20 fevral kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

“Vektor” markazi olimlari ushbu turdagi parranda grippining genetik materialini Rossiya Federatsiyasining janubidagi parrandachilik fermasining yettita xodimida topdi. U yerda 2020 yil dekabrida parrandalar orasida yuqumli kasallik qayd etilgandi”, degan Popova.

Iste’molchilar haq-huquqlarini himoya qilish xizmati rahbarining ta’kidlashicha, bu – A(H5N8) parranda grippining birinchi marta insonga yuqish holati.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qisqa muddatda odamlar va jonivorlarni himoyalash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilgan, barcha xavflar minimallashtirilgan va bu vaziyat rivojlanishining oldini olgan.

Popova yangi parranda grippi virusining odamdan odamga yuqishi qayd etilmaganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

parranda grippi

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing