Rossiyada bir oylik chaqalog‘i bilan qolib ketgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Rossiyada bir oylik chaqalog‘i bilan qiyin ahvolda qolib ketgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning may oyida o‘zbekistonlik fuqaro O.J. ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan turmush o‘rtog‘ining yoniga borib, iyun oyida qiz farzandli bo‘lgan. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra O.J.ning umr yo‘ldoshi hibsga olingan. 

Bir oylik chaqalog‘i bilan og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan O.J. agentlikning Yekaterinburgdagi vakilligiga murojaat qilgan.

Holat o‘rganilib, ayol Yekaterinburgdagi “Kolsovo” xalqaro aeroporti orqali Yekaterinburg-Toshkent aviareysi bilan O‘zbekistonga qaytarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing