Rossiyada bir kunda 21 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalindi

Olam

image

Rossiyada o‘tgan kecha-kunduzda 21 ming 608 nafar koronavirusga chalingan bemor aniqlangan. Bu haqda "Worldometer" ma’lumotlariga asoslanib xabar berilmoqda. 

Ta’kidlanishicha, aniqlangan yangi bemorlarning 25,8 foizida kasallikning hech qanday belgilari kuzatilmagan. 

O‘tgan kun davomida 439 kishi infeksiya qurboniga aylangan, jami vafot etganlar esa 32 ming 32 kishi. 

18 ming 811 nafar bemor esa kecha kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Tuzalganlarning umumiy soni 1 million 388 ming 168 nafar.

Bugungi kunga kelib, Rossiyada koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 1 million 858 ming 568 nafarni tashkil etmoqda. 

Dunyoda koronavirusga chalinganlar 52 milliondan oshgan. 1,2 million bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS ROSSIYa

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing