Rossiyada barga hujum qilgan migrantlar o‘zbekistonlikmidi? Yangi tafsilotlar oshkor bo‘ldi

Jamiyat

image

Rossiyaning Moskva shahri sharqiy qismidagi “Monro” kafesiga hujum uyushtirgan 30 nafarga yaqin migrantlar ichida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki o‘rganishlardan ma’lum bo‘lishicha, kecha, 11 may kuniga o‘tar kechasi tibbiy niqobdagi 25 nafarga yaqin shaxs Veshnyakovskaya ko‘chasida joylashgan “Monro” kafesiga kirib, kafe mulkiga zarar yetkaza boshlagan. Shundan so‘ng, kafe xodimlariga ham hujum qilgan.

Voqeadan bir necha soat o‘tgach, gumonlanuvchilarning bir guruhi Podolsk va Kommunark hududlarida hibsga olingan. Shuningdek, mazkur voqeadan bir necha kun oldin ushbu kafe xodimlari va mijozlar o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat oqibatida kafe mulkiga yetkazilgan zarar uchun 30 ming rubl tovon puli undirilgan.

“Veshnyaki tumani huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur voqea gumonlanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q”, deyiladi agentlik bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Moskva shahri sharqiy qismidagi barlardan biriga 30 ga yaqin o‘zbekistonlik migrantlar hujum uyushtirgani va ular barning uch nafar xodimini kaltaklab, bir xodimni pichoqlagan, yana birining qovurg‘asini sindirgan, homilador ayolning qorniga bita bilan urib, telefonlarni o‘g‘irlani aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva o'zbekistonlik migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing