Rossiyada 60 yoshdan oshgan ko‘ngillilar koronavirusga qarshi emlanmoqda
Olam
−
16 Oktabr 2020
3888Rossiyada 60 yoshdan oshgan ko‘ngillilarni koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi bilan emlash sinovlari boshlandi. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi.
"60 yoshdan oshgan ko‘ngillilarni Gamaley markazi tomonidan ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasi bilan emlash bo‘yicha tadqiqot ishlari boshlandi", degan Murashko.
Vazir ushbu toifadagi fuqarolarni emlash uchun maxsus nizomni ishlab chiqish juda muhimligini ta’kidlagan.
Avvalroq, Rossiyaning koronavirusga qarshi uchinchi vaksinasi klinik sinovlari natijalari dekabr oyi o‘rtalarida tayyor bo‘lishi haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, 14 oktyabr kuni Novosibirskdagi “Vektor” markazi koronavirusga qarshi “EpiVakKoron” nomli ikkinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgandi.
Joriy yilning 11 avgust kuni esa Rossiyaning birinchi koronavirus vaksinasi – “Sputnik V” ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 39 milliondan oshdi. 1 milliondan ko‘p odam virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi