Rossiyada o‘zbekistonliklar ketayotgan avtobus to‘xtatildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi Mordoviya Respublikasida O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan avtobus to‘xtatildi. Bu haqda “Izvestiya Mordovii” nashri xabar berdi.

O‘zbekistonliklar ketayotgan avtobus “Temnikov-Barashevo-Tengushevo” avtomobil yo‘lining 11-kmda to‘xtatilgan. Mintaqaviy Davavtoinspeksiyasi ma’lumotiga ko‘ra, “Moskva-O‘zbekiston” yo‘nalishida harakatlangan transport vositasida 60 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan. Yo‘lovchilarning migratsiya bo‘yicha qaydlarini tekshirish uchun avtobus politsiya bo‘limiga olib borilgan.

Avtobus haydovchisiga yo‘lovchi tashish qoidasini buzgani va texnik ko‘rikdan o‘tganligi haqida hujjatlari yo‘qligi uchun ikki ma’muriy bayonnoma tuzgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mordoviya

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing