O‘zbekistonlik sobiq IIB xodimi Rossiyada narkotik bilan ushlandi

3-sahifa

image

Mordoviyaning Saransk shahrida 55 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 4,5 gramm marixuanani xaridorga topshirayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Mordoviya Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik erkak MDH respublikalaridan birida tug‘ilgan fuqaroga 4,5 gramm marixuanani topshirayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Uning ijara uyida olib borilgan tintuv ishlari jarayonida og‘irligi salkam 64 gramm bo‘lgan yana 40 dona marixuana o‘rami hamda ichiga noma’lum moddalar solingan 38 ta kichik hajmli qop sotuvga tayyorlab qo‘yilgani aniqlangan.

“So‘roq vaqtida gumonlanuvchi jinoyatga aloqadorligini tan oldi. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda. 

“Izvestiya Mordovii”ning xabar berishicha, qo‘lga olingan shaxs muqaddam O‘zbekistonda IIB xodimi bo‘lib ishlagan. U 2005 yilda vazifasidan ozod etilganidan so‘ng Rossiyaga ko‘chib o‘tgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyaning Bali orolida xalqaro narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchilar tarmog‘i fosh etilgan edi. Ushbu jinoyatda gumonlanib, Rossiya va O‘zbekistonning bir necha fuqarolari hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya MDH o'zbekistonlik marixuana Mordoviya sobiq IIB xodimi Saransk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing