Rossiyada 6 nafar farzandi bilan hujjatsiz qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Jamiyat

image

Sankt-Peterburg shahrida og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi va uning 6 nafar farzandiga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda kecha, 16 avgust kuni “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, M.M. va uning farzandlarida shaxsini tasdiqlovchi hamda Rossiyadan chiqish imkonini beruvchi hujjatlar bo‘lmagan. Shu sababli ayol Rossiyadagi xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash muassasasiga, 6 nafar farzandi esa “Tranzit” bolalar ijtimoiy boshpanasiga joylashtirilgan.

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Migratsiya agentligi vakillari bilan hamkorlikda vaziyatga aralashib, zarur hujjatlarni qisqa muddatda rasmiylashtirgan.

Natijada M.M. va uning 6 nafar farzandi “Sankt-Peterburg – Samarqand” aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyada og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing