Rossiyada 50 yoshdagi O‘zbekiston fuqarosi qamalishi mumkin
Olam
−
03 Oktabr 2023
11240Rossiyada politsiya sentyabr oyi boshida Astraxanda madaniy meros ob’ektlari bo‘lgan binolarda sodir bo‘lgan yong‘inlarda aybdor deb taxmin qilingan shaxslarni qo‘lga oldi. Jinoyatga aloqador shaxslar bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Lenin tumani IIB jinoiy qidiruv bo‘limi xodimlari ushbu hodisaga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan fuqarolarni aniqlab, qo‘lga oldi. Ulardan biri yong‘in o‘chirish xizmati tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yonayotgan binodan olib chiqildi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, 1966 yilda tug‘ilgan Astraxan shahrida yashovchi Rossiya fuqarosi va 1973 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi militsiya xodimlariga yonib ketgan noturar binolarda turli vaqtlarda bo‘lgani, u yerda spirtli ichimliklar ichganini ma’lum qilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in kelib chiqishiga o‘chirilmagan sigaret qoldiqlari sabab bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, har ikki erkakning doimiy yashash joyi bo‘lmagan va ushbu uylarda vaqtincha yashab kelgan.
Shu bois, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 168-moddasiga muvofiq (ehtiyotsizlik tufayli mol-mulkni yo‘q qilish yoki shikastlash), yong‘in yoki boshqa manbalarga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish oqibatida birovning mol-mulkini katta miqdorda yo‘q qilish yoki shikastlash holati bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ayni paytda materiallar tegishliligini aniqlash va tergov organiga topshirish uchun prokuraturaga yuborilgan.
Ma’lumot uchun, Astraxanning tarixiy qismida XIX–XX asr boshlaridagi savdo uylari joylashgan. Prokuraturaga ko‘ra, Astraxanda bir oydan kamroq vaqt ichida mintaqaviy ahamiyatga ega bir nechta madaniy meros ob’ektlarida yong‘inlar sodir bo‘lgan. 5-sentyabr kuni 1884 yilda qurilgan uy, 7 sentyabrda esa Kuybisheva ko‘chasidagi XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan uy yonib ketgan.
LiveBarchasi